Namanganda 18 kishi koronavirusga chalingani aniqlandi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2020-yil 27-iyul soat 11:30 holatiga ko‘ra, 289 taga ortib, 20 820 nafarni tashkil etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 18 tasi Namangan viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ma’lumot uchun, viloyatda koronavirusga chalingan bemorlar soni 2020-yil 26-iyul holatiga ko‘ra, 653 kishini tashkil etgan. Shundan 486 nafari sog‘ayganlardir. Hozirgi vaqtga qadar Namanganda virus qurbonlari soni besh nafarga yetgan.

Avvalroq Namanganda 9 nafar koronavirusga chalingan bemor tuzalgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, xorijdan qaytgan 750 nafardan ortiq fuqaro viloyatdagi yangi karantin hududiga joylashtirilgani ma’lum qilingandi.

Янгиликлар