O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 20 500 nafardan oshdi

O‘zbekistonda 26-iyul soat 23:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 140 kishiga oshib, 20 531 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 83 nafari Toshkent shahrida, 31 nafari Farg‘ona viloyatida hamda 26 nafari Samarqand viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek, Toshkent viloyatida 67 nafar, Samarqand viloyatida 64 nafar, Toshkent shahrida 44 nafar, Surxondaryo viloyatida 44 nafar, Andijon viloyatida 38 nafar, Farg‘ona viloyatida 11 nafar hamda Sirdaryo viloyatida 6 nafar — jami 274 nafar bemor tuzaldi.

Ayni paytga qadar 11 105 nafar bemor tuzaldi. 9310 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Avvalroq Toshkentda koronavirusga chalingan 32 yoshli homilador ayol vafot etib, mamlakatda koronavirus qurbonlari soni 116 nafarga yetgani haqida xabar berilgan edi.

Янгиликлар