O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 21 ming nafarga yaqinlashdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 27-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, 132 nafarga oshib, jami kasallanganlar soni 20 952 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining

84 tasi Toshkent shahrida;

48 tasi Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytga qadar Toshkent viloyatida 75 nafar, Andijon viloyatida 32 nafar, Toshkent shahrida 18 nafar hamda Farg‘ona viloyatida 15 nafar, jami 140 nafar bemor tuzaldi.

Mamlakatda koronavirus infeksiyasiga chalingan 11 245 nafar fuqaro sog‘aygan. 9588 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Avvalroq Toshkentda koronavirus yuqtirib olgan 53 yoshli erkak vafot etib, O‘zbekistonda o‘lim holatlari soni 119 taga yetgani haqida xabar berilgan edi.

Янгиликлар