Andijonda sinfdoshlar bilan “o‘tirish”da mast bo‘lgan fuqaro tanishini tepib o‘ldirib qo‘ydi

Andijonda 2020-yilning 5-iyul kuni soat 14:00 da 47 yoshli Sh.G‘. tanishi D.A.ning uyida mast holatda odam o‘ldirgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti

Sh.G‘. tanishi D.A.ning Shahrixon tumani Abdubiy ko‘chasida joylashgan yashash xonadonida bir necha sinfdoshlari bilan spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast holda 50 yoshli A.S. bilan o‘zaro janjallashib qolgan. Natijada Sh.G‘. o‘tirgan holatda bo‘lgan A.S.ning oyog‘i bilan bo‘yin sohasiga bir marotaba tepgan vaqtida A.S. hushidan ketib, hodisa joyida vafot etgan.

Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti

Holat yuzasidan Shahrixon tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “D” bandi (Jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Jizzaxda fuqaro qarzini qaytarmaslik uchun qotillikka qo‘l urgani haqda xabar berilgan edi.

Янгиликлар