Buxoroda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha 40 ta ehtiyojmand oilaga gaz plitalari tarqatildi

Buxoro viloyati Olot tumanida kambag‘allikni qisqartirishda hududiy sektorlar tomonidan amaliy choralar ko‘rilmoqda. Bu haqda Olot tumani hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Olot tumani hokimligi matbuot xizmati

“Saxovat va ko‘mak” harakati doirasida Olot tumani prokurori 2-sektor hududidagi 10 ta mahallada yashovchi ijtimoiy ko‘makka muhtoj 40 ta ehtiyojmand oilaga “Artel” rusumli gaz plitalarini tarqatdi.

Foto: Olot tumani hokimligi matbuot xizmati

“Usmonshayx” mahallasida yashovchi birinchi guruh nogironi Safar Cho‘lliyevga nogironlik aravachasi olib berildi.

Foto: Olot tumani hokimligi matbuot xizmati

“Bugungi qiyin davrda bu kabi qo‘llab-quvvatlashlar juda zarur, albatta. Ammo vaqti bilan ko‘rsatiladigan xayriya, muruvvat yordami muhtojlikka barham berishning asosiy yo‘li emas. Shu bois kambag‘allikni kamaytirishning samarali yo‘li bo‘lgan odamlarni band qilish, ularga daromad qilish imkoniyatini yaratib berishga ham alohida e’tibor qaratyapmiz”, — deydi ikkinchi sektor rahbari, tuman prokurori Muxtor Muhammedov.

Foto: Olot tumani hokimligi matbuot xizmati

Avvalroq Andijonda aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha aholiga 470 bosh zotdor echki tarqatish boshlangani, Oltinko‘l tumanida “Saxovat va ko‘mak” harakati doirasida ehtiyojmand oilalarga 12 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilgani xabar qilingan edi.