Buxoroda koronavirusdan og‘rigan bemorlar uchun 2375 ta zaxira o‘rin tayyorlandi

Buxoro viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar uchun bir qancha inshootlar hisobidan 2375 ta zaxira o‘rin hozirlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Buxoro viloyat hokimligi matbuot xizmati

Talab va ehtiyojning keskin oshganini inobatga olib, Buxoro muhandislik texnologiya instituti yotoqxonasida 250, “Semurg‘” sport majmuasida 225, “Yoshlik” sport majmuasida 250, Buxoro davlat universiteti yotoqxonasida 1500, Buxoro davlat tibbiyot instituti qoshidagi akademik litsey yotoqxonasida 150 ta o‘rin hozirlanib, umumiy zaxira o‘rni viloyatda 2375 taga yetkazildi.

Foto: Buxoro viloyat hokimligi matbuot xizmati

Shu kungacha COVID-19 kasalligi bilan og‘rigan bemorlar uchun viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, kardiologiya va onkologiya dispanserlari kabi statsionar tibbiyot muassasalari bilan birga viloyat teri-tanosil kasalliklari dispanseri, viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazi, shuningdek, Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi kabi provizor muassasalarda 1800 taga yaqin o‘rin hozirlangan edi.

Foto: Buxoro viloyat hokimligi matbuot xizmati

Ma’lumot uchun, Buxoroda 28-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanganlar soni 753 tani tashkil qilgan. 

Foto: Buxoro viloyat hokimligi matbuot xizmati

Foto: Buxoro viloyat hokimligi matbuot xizmati

Foto: Buxoro viloyat hokimligi matbuot xizmati

Foto: Buxoro viloyat hokimligi matbuot xizmati

Foto: Buxoro viloyat hokimligi matbuot xizmati

Foto: Buxoro viloyat hokimligi matbuot xizmati

Foto: Buxoro viloyat hokimligi matbuot xizmati

Avvalroq Namanganda yangi qurib bitkazilgan karantin markaziga 750 nafar xorijdan qaytgan fuqarolar joylashtirilgani xabar qilingan edi.

Янгиликлар