Farg‘onada bir kechada 10 kishi COVID-19 yuqtirib oldi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 28-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, 297 nafarga oshib, jami kasallanganlar 21 506 (+297) kishiga yetdi.

Shundan 10 nafari Farg‘ona viloyatida qayd etildi.

Viloyatda jami kasallangalar 239 nafarga yetdi, o‘lim holatlari 1 tani tashkil etmoqda.

Ayni paytda mamlakatda 11 674 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro (54 foiz) sog‘aygan.

Hozirda 9 710 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 215 nafari og‘ir, 81 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Янгиликлар