Namanganda haydovchi avtohalokatdan 10 kun o‘tib shifoxonada vafot etdi

Farg‘ona viloyatida yashagan fuqaro Namangan shahrida avtohalokatga uchraganidan o‘n kun o‘tib vafot etdi. Bu haqda Namangan viloyati IIB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona viloyatida yashagan, 1192-yilda tug‘ilgan fuqaro 15-iyul kuni soat 22:00 larda Namangan shahar “Go‘zal” MFY Kosonsoy ko‘chasida “GAZ-53” rusumli yuk avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lning chap tomoniga chiqib ketgan. Boshqaruvni yo‘qotish oqibatida avtomashina devorga borib urilgan.

Oqibatda haydovchi tan jarohati olib, kasalxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay fuqaro 25-iyul kuni soat 14:00 da vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha 25-iyul kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani ma’lum qilindi.

Keyinchalik Namanganda “Nexia” velosipedchini urib yuborishi oqibatida velosiped haydovchisi vafot etgani xabar qilindi.

Янгиликлар