O‘zbekistonda bir kechada 297 kishida koronavirus aniqlandi. Jami kasallanganlar soni 21 500 nafardan oshdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 28-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, 21 506 (+297) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallangan bemorlarning

  • 125 nafari Toshkent shahrida (ulardan 72 nafari tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar, 53 nafari esa Qozog‘istondan “G‘ishtko‘prik” chegara posti orqali kelgan va O‘rtasaroydagi karantin markaziga joylashtirilgan hamda namuna olingan fuqarolar orasida);
  • 68 nafari Toshkent viloyatida;
  • 32 nafari Buxoro viloyatida;
  • 21 nafari Sirdaryo viloyatida;
  • 18 nafari Namangan viloyatida;
  • 11 nafari Navoiy viloyatida;
  • 10 nafari Farg‘ona viloyatida;
  • 9 nafari Andijon viloyatida;
  • 3 nafari Qoraqalpog‘istonda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda mamlakatda 11 674 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro (54 foiz) sog‘aygan.

Hozirda 9710 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 215 nafari og‘ir, 81 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Avvalroq Toshkent shaharida koronavirus yuqtirib olgan 34 yoshli ayol vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

Янгиликлар