Toshkent shahrida yana 125 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 28-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, 297 nafarga oshib, jami kasallanganlar 21 506 (+297) kishiga yetdi.

Shundan 125 nafari  Toshkent shahrida qayd etildi.

Poytaxtdagi yangi kasallanish holatlarining

  • 72 tasi tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan  fuqarolar orasida;
  • 53 tasi esa Qozog‘istondan “G‘ishtko‘prik” chegara posti orqali kelgan va O‘rtasaroydagi karantin markaziga joylashtirilgan hamda namuna olingan fuqarolar orasida aniqlandi.

Ayni paytda mamlakatda 11 674 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro (54 foiz) sog‘aygan.

Hozirda 9 710 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 215 nafari og‘ir, 81 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.