Andijonda koronavirus yuqtirib olish bo‘yicha yana 11 ta yangi holat aniqlandi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 29-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, 22 374 (+205) nafarni tashkil etmoqda.

Shundan 11 nafari Andijon viloyatida qayd etildi.

Malumot uchun, viloyatda shu vaqtga qadar jami 953 nafar fuqaroda koronavirus aniqlangan. 788 nafar bemor esa ushbu kasallikdan butunlay forig‘ bo‘lgan. Shuningdek, bir nafar bemor kasallik asoratlari oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.

Ayni paytga qadar Toshkent shahrida 195 nafar, Toshkent viloyatida 148 nafar, Andijon viloyatida 29 nafar, Namangan viloyatida 17 nafar hamda Farg‘ona viloyatda 14 nafar, jami 403 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, mamlakatda 12 668 (+403) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (56 foiz) sog‘aygan.

Hozirda 9577 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Янгиликлар