Farg‘onada Milliy gvardiya xodimlari 10 ta kam ta’minlangan xonadon holidan xabar oldi

Farg‘ona viloyatida Milliy gvardiya xizmatchilari va Qo‘riqlash xizmati xodimlari ijtimoiy yordamga muhtoj aholi vakillari holidan xabar oldi.

Foto: Milliy gvardiya matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona viloyatida Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va Qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash tuman bo‘limi hamkorligida “Jangketmon” mahallasi hududidagi nogironligi bor fuqarolar, ijtimoiy yordamga muhtoj aholi vakillarining holidan xabar olingan. Ularga oziq-ovqat hamda uy jihozlari yetkazib berilgan.

Foto: Milliy gvardiya matbuot xizmati

“Xonadonimizga salobatli, egnidagi liboslari o‘zlariga yarashgan yigitlar kirib kelishganda avvaliga hayron qoldim. Bilsam, ular Milliy gvardiya xodimlari ekan. To‘g‘risi, ikki o‘g‘lim uchun olib kelishgan jihozlarni ko‘rib ko‘zimga yosh keldi. Ilohim, mening jigargo‘shalarim ham ana shu akalari singari yurt koriga yaraydigan, qo‘rqmas va mard yigitlar bo‘lib ulg‘ayishsin, — deydi “Jangketmon” mahallasida istiqomat qiluvchi Gulira’no Karimova.

Shu kuni mana shu hududdagi 10 ta xonadon holidan xabar olingani ma’lum qilindi.

Avvalroq Farg‘onada ichki ishlar xodimlari kanalda cho‘kayotgan qizni qutqarib qolgan edi.

Shuningdek, Samarqandda Milliy gvardiya xodimlariga yangi xizmat avtomashinalari topshirilgani xabar qilingandi.

Янгиликлар