Farg‘onada o‘g‘rilik sodir etib, qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Farg‘ona shahar IIO FMB (Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi) jinoyat qidiruv xodimlari 27-iyul, dushanba kuni tergovdan yashiringan shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

U Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida (O‘g‘irlik) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, tergovdan yashiringanligi sababli Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan qidiruvda bo‘lgan edi.

Avvalroq Samarqandda o‘g‘rilik sodir etib, uch oy tergovdan qochib yurgan shaxs qo‘lga olingani xabar qilingan edi. Shuningdek, Rishtonda ham o‘g‘rilik sodir etib, tergovdan yashiringan shaxs qo‘lgan olingan.

Янгиликлар