O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 205 kishiga oshib, jami kasallanganlar 22 374 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 29-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, 22 374 (+205) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining

  • 190 tasi Toshkent shahrida (shundan 94 tasi tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 96 tasi esa “O‘rtasaroy” karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida);
  • 11 tasi Andijon viloyatida;
  • qolgan 4 tasi Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytga qadar Toshkent shahrida 195 nafar, Toshkent viloyatida 148 nafar, Andijon viloyatida 29 nafar, Namangan viloyatida 17 nafar hamda Farg‘ona viloyatda 14 nafar, jami 403 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, mamlakatda 12 668 (+403) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro (56 foiz) sog‘aygan.

Hozirda 9577 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.