Qo‘shrabotda koronavirusga chalinganlar soni 49 nafarga yetdi

Qo‘shrabot tumanida shu paytga qadar 49 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilgan. Ularning 39 nafari yirik korxonalarda ishlovchi ishchi-xodimlar orasidan aniqlangan. Bu haqida tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirga qadar bemorlarning 46 nafari sog‘aygan, 1 nafari tuman tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo‘limida, 2 nafari uy sharoitida davolanmoqda. Og‘ir ahvoldagi bemorlar yo‘q.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 29-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, 22 374 nafarni tashkil etmoqda. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda karantin nazoratiga olingan fuqarolarning 2,5 mingdan ortig‘ini homilador ayollar tashkil etadi.

Avvalroq O‘zbekistonda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tugatilgani haqida xabar berilgandi. Ta’kidlanishicha, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi va ularning hududiy bo‘linmalari tugatilgan.

Shundan keyin O‘zbekistonda Sanitariya-epidemiologiya xizmatiga tibbiy majburlov chorasini qo‘llash huquqi berilgani haqida ma’lum qilindi.

Янгиликлар