Samarqandda YPX inspektoriga karantin postida tartibni buzgani uchun “Tanbeh” berildi
Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi 28-iyul kuni ijtimoiy tarmoqda “Qog‘ozbozlikdan qachon qutulamiz” sarlavhasi ostidagi videolavha yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, videolavhada aks etgan holat 2-iyul kuni Samarqand viloyati Samarqand shahrida tashkil etilgan karantin postida bo‘lib o‘tgan.
Ushbu holat yuzasidan Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan bo‘lib, tekshiruv xulosasiga ko‘ra, belgilangan qaror va buyruq talablarini buzganligi uchun Samarqand viloyati IIB YHXB Yo‘l patrul xizmati inspektori V.Xolmurodovga “Tanbeh” intizomiy jazosi e’lon qilingan.
Avvalroq Samarqandda yuk mashina va “Lacetti” avtomobili ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir etilgani haqda xabar berilgandi. Qayd etilishicha, “Lacetti” avtoulovini boshqargan 31 yoshli haydovchi va 24 yoshli yo‘lovchi tan jarohati olib, voqea joyida halok bo‘lgan.