Buloqboshida 50 nafar maktab bitiruvchilariga amaliy yordam ko‘rsatildi (foto)

Andijon viloyati Buloqboshi tumanida 2019/2020-o‘quv yilida 11-sinfni tamomlagan bitiruvchilarning 50 nafariga amaliy yordam berildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Andijon viloyat hokimligi matbuot xizmati

Foto: Andijon viloyat hokimligi matbuot xizmati

Ma’lumotlarga ko‘ra, bitiruvchilarning bandligini ta’minlash maqsadida o‘zlarini qiziqishini inobatga olib, 29 ta tikuv mashinasi, 12 ta payvandlash uskunasi, 8 ta dori sepish uskunasi, 1 ta yog‘och kesish uskunasi berildi.

Foto: Andijon viloyat hokimligi matbuot xizmati

Tuman hokimi va sektor rahbarlari bitiruvchilarni Qurbon hayiti munosabati bilan samimiy muborakbod etib, ularni kelgusi ishlarida omad, zafarlar yor bo‘lishini tiladi.

Avvalroq Andijonda aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha fuqarolarga 470 bosh zotdor echki tarqatish boshlangani haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek, viloyatda kichik biznes bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan ayollarga 100 milliard so‘m kredit ajratildi.

Ma’lumot uchun, 9-iyul kuni Andijon viloyati Xovuskon ota ziyoratgohida bo‘lib o‘tgan tadbirda og‘ir ijtimoiy vaziyatdagi xotin-qizlar muammolarini bartaraf qilish maqsadida ularga 15 ta nogironlar aravachasi, 10 ta tikuv mashinasi, 17 ta minipech, 7 ta parko‘rpa, 6 nafar ayolga 50 tadan parranda, bir nafar nogiron ayolning farzandiga noutbuk, 1 nafar ayolga kir yuvish mashinasi taqdim etilgan. 10-iyulda viloyatning Qo‘rg‘ontepa tumanida yolg‘iz yashovchi ayolga 2 sotixli issiqxona qurib berilgan.

Янгиликлар