Bulung‘ur tumanidagi ehtiyojmand oilalarga 358 mln so‘mlik yordam puli tarqatildi

O‘zbekistonda hukumatning tegishli qaroriga asosan, yaqinlashib kelayotgan Qurbon hayiti munosabati bilan “Saxovat va ko‘mak” fondi orqali Bulung‘ur tumanidagi ehtiyojmand oilalarga 358 million so‘mlik yordam puli tarqatildi.

Kadr: Telegram

Ma’lum qilinishicha, Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi hisobidan Bulung‘ur tumaniga jami 358 million so‘m pul ajratilgan va bu mablag‘lar 358 ta ehtiyojmand oilaga bir million so‘mdan tarqatilmoqda.

“Bu, albatta, butun respublika bo‘ylab kechayotgan jarayon. Shu jumladan, Bulung‘ur tumanida ham ro‘yxati shakllantirilgan 358 ta kam ta’minlangan oilaga 1 million so‘mdan yordam puli yetkazib berilmoqda”, — deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo‘limi raisi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda ehtiyojmand oilalarga jami 150 milliard so‘m moddiy yordam tarqatilishi ma’lum qilingan edi.