Karantin cheklovlari uzaytirilganiga qaramay Popdagi yo‘llarda tirbandliklar yuzaga kelmoqda

Namangan viloyati Pop tumani aholisi yo‘llarda yuzaga kelayotgan tirbandlikdan shikoyat qildi. Bu haqda “Tez News” nashriga murojaat kelib tushdi.

Foto: “Tez News”

“Namangan viloyati Pop tumani markaziy ko‘chalarining qarama-qarshi tomoni berkitilib, bir tomonlama qilib qo‘yildi. Ertalabdan yo‘lda tirbandlik. Tez yordam va o‘t o‘tirish mashinalari qanday o‘tadi? Iltimos, yo‘lning ikkinchi tomonini ham ochib berishsin”, — deyiladi murojaatda.

Foto: “Tez News”

Shuningdek, xabarda har kuni 3—4 ta mashina yengil avariyaga uchrayotgani ham ta’kidlangan.

Avvalroq Namanganda karantin cheklovlari kuchaytirilgan vaqtda “Cobalt” va tez yordam mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘lgani xabar qilingan edi.

Янгиликлар