Namanganda 17 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi

Namangan viloyatida 29-iyul kuni 17 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi. Bu haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun Toshkent shahrida 323 nafar, Toshkent viloyatida 148 nafar, Surxondaryo viloyatida 93 nafar, Sirdaryo viloyatida 29 nafar, Andijon viloyatida ham 29 nafar, Farg‘ona viloyatida 19 nafar, Namangan viloyatida 17 nafar hamda Qashqadaryo viloyatida 14 nafar — jami 672 nafar bemor tuzalib, rekord natija qayd etildi.

Ma’lumot uchun, 29-iyul holatiga ko‘ra, Namanganda koronavirusga chalinganlar soni 719 nafarni tashkil etmoqda. Viloyatda 545 nafar bemor koronavirusdan sog‘aygan. Besh kishi koronavirus oqibatida vafot etgan.

Avvalroq O‘zbekistonda yana 211 kishida koronavirus aniqlangani xabar qilingandi.

Янгиликлар