Namanganda 31-iyul kuni qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi

“O‘zgidromet 31-iyul, juma kuni Namangan viloyatida qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi.

Foto: “O‘zA”

Qayd etilishicha, Namanganda havo o‘zgarib turadi, kechga tomon ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Harorat kechasi 19-24 daraja, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.

Янгиликлар