O‘zbekistonda pandemiya davrida volontyor sifatida faoliyat yuritishni istaganlar uchun platforma yaratilgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda COVID-19 pandemiyasi paytida odamlarga yordam berishni istaganlar uchun yangi platforma yaratildi. Bu haqda Telegram’dagi “Koronavirus Info” kanalida xabar berildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Yoshlar ishlari agentligi va ko‘ngilli yoshlar hamkorligida “Volontyor.uz” platformasi yaratildi. Ijtimoiy yoki tibbiy volontyor sifatida faoliyat yuritmoqchi bo‘lganlar ro‘yxatdan o‘tishi va ko‘ngillilar safiga qo‘shilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 30-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 287 nafarga ortib, 22 872 nafarni tashkil etmoqda.

Mamlakatda 12 937 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro (57 foiz) sog‘aygan.

Янгиликлар