Qo‘qonda “Cobalt”, “Lacetti” va mototsikl ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Mototsikl haydovchisi voqea joyida vafot etdi
Qo‘qonda 28-iyul, seshanba kuni “Cobalt”, “Lacetti” va mototsikl ishtirokida YTH sodir etildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
Foto: Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati
“Cobalt” haydovchisi P.A. avtomashinasini Davronbek ko‘chasida boshqarib ketayotib, harakat yo‘nalishida chap tomonga qayrilish uchun yo‘l o‘rtasidagi sidirg‘a chiziq yonida to‘xtab turgan mototsiklni urib yuborgan. Oqibatda mototsikl qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib, o‘zining harakat yo‘nalishida kelayotgan voyaga yetmagan I.I. boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtomashina bilan to‘qnashib ketgan hamda mototsikl haydovchisi D.I. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.
Foto: Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati
Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Foto: Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati
Foto: Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati
Avvalroq Namanganda to‘rt kun ichida besh nafar bola ishtirokida YTH sodir bo‘lgani va bolalarning barchasi vafot etgani xabar qilingan edi. Bundan tashqari, Farg‘onada skuter va “Spark” to‘qnashib ketishi oqibatida haydovchilardan biri shifoxonaga yotqizilgan edi.