Sirdaryo viloyatida xizmat safarida bo‘lgan toshkentlik bemor koronavirusdan vafot etdi

Koronavirusga chalingan 59 yoshli poytaxtlik bemor o‘tkir nafas, yurak qon-tomir va poliorgan yetishmovchiligidan vafot etdi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 59 yoshli Q.R. 17-iyundan Sirdaryo viloyatida xizmat safarida bo‘lgan. Unda 14-iyul kuni COVID-19 tasdiqlangan va Sirdaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Bemorda COVID-19 infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi va ikki tomonlama pnevmoniya o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas yetishmovchiligining 3-darajasi va poliorgan yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan. Shuningdek, bemorda qandli diabet, yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya kabi hamroh kasalliklar borligi aniqlangan. Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultasiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Bemorning ahvoli asosiy kasallik asoratlari hisobiga stabil og‘ir bo‘lib, mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan reanimatsion choralarga qaramasdan, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, o‘tkir respirator distress sindromi va poliorgan yetishmovchiligidan vafot etdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 30-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, 23 078 nafarni tashkil etgan. Shulardan 13 432 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, 9512 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Avvalroq Toshkentda koronavirusga chalingan 57 yoshli erkak vafot etgan edi.

Shuningdek, Toshkentda koronavirusga chalingan 60 yoshli erkak vafot etgani xabar qilindi.

Янгиликлар