So‘xda qancha fuqaro uy karantiniga olingani ma’lum bo‘ldi

So‘x tumanida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish, joriy etilgan karantin cheklovlariga qat’iy rioya etish maqsadida mahallalar kesimida blokpostlar tashkil etilgan. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Hushyor”, “Lenbur”, “Tul”, “Rovon”, “Sharqobod”, “Obishir”, “G‘aznov”, “Zangat”, “Mulgon”, “So‘x”, “Istiqlol”, “Qizilqiyoq”, “Yangiariq”, “Saribozorcha” mahallalaridagi 770 ta xonadon, 1378 ta avtomobil, 19 ta savdo do‘koni dezinfeksiya qilindi. Tadbir boshidan tumanning 50 885 xonadonida zararsizlantirish ishlari olib borildi.

Foto: So‘x tuman hokimligi

Foto: So‘x tuman hokimligi

Undan tashqari, tashkil etilgan 10 ta blokpostda IIB xodimlari tomonidan bemaqsad va tibbiy niqobsiz yurgan fuqarolarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar tuzilmoqda.

Foto: So‘x tuman hokimligi

So‘x tumanidagi barcha MFY xodimlari tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan oilalariga tibbiy himoya va antiseptik hamda boshqa shaxsiy gigiyena vositalarini sotib olishlariga amaliy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, ularga qo‘l telefonlari orqali bog‘lanib, yaqindan moddiy va amaliy yordam ko‘rsatib kelinmoqda.

Foto: So‘x tuman hokimligi

Foto: So‘x tuman hokimligi

So‘xda bugungi kunda 471 nafar fuqaro uy karantiniga olingan bo‘lib, 14 nafar fuqaro koronavirus infeksiyasi bilan gumonlagan. Fuqarolar “Hushyor” yuqumli kasaliklar shifoxonasida davolanmoqda. Kun davomida patronaj hamshira va mudirlar tomonidan fuqarolarni nazorat qilish ishlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 30-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 287 nafarga ortib, 22 872 nafarni tashkil etmoqda.

Mamlakatda 12 937 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro (57 foiz) sog‘aygan.

Янгиликлар