Toshkentda yana 58 kishi koronavirusga chalindi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 30-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra 22 872 (+287) nafarni tashkil etmoqda.

Shundan 58 nafari Toshkent shahrida qayd etildi.

Poytaxtdagi yangi kasallanish holatlari karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida aniqlangan.

Ma’lumot uchun, Toshkent shahrida koronavirusga chalinganlar soni 13 718 nafarga yetdi. Ushbu infeksiyadan butunlay forig‘ bo‘lganlar soni 6507 kishini tashkil etsa, 80 nafar bemor infeksiya COVID-19 oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.

Ayni paytda mamlakatda 12 937 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro (57 foiz) sog‘aygan.

Hozirda 9803 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 365 nafari og‘ir, 172 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Янгиликлар