Asakada innovatsion usulda kartoshka yetishtirish rejalashtirildi

Andijon viloyatida ilk bor Asaka tumanida innovatsion usulda kartoshka yetishtirish maqsadida tumandagi “O‘zbekiston mustaqilligi” massividan 5 gektar maydon tanlab olindi. Bu haqda Andijon viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Andijon viloyat hokimligi matbuot xizmati

Ushbu maydonda yangicha usulda, ya’ni kartoshkani ko‘chat shaklida ekish ishlari olib borilmoqda.

Foto: Andijon viloyat hokimligi matbuot xizmati

Xabarda aytilishicha, kartoshkani ko‘chat usulida ekishning afzalligi 1 gektar maydonga 500 kilogramm kartoshka ko‘chati ekib, 40 tonnagacha hosil olish mumkinligida, deb ko‘rsatilgan.

Foto: Andijon viloyat hokimligi matbuot xizmati

Asaka tumanida hozirda 200 ming tup shunday kartoshka ko‘chati tayyorlandi.

Tuman hokimi va sektor rahbarlari kartoshka ekilayotgan maydonga borib kartoshka ekish jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Kelgusida bu usuldan viloyat bo‘ylab samarali foydalanish ko‘zda tutilgan.

Foto: Andijon viloyat hokimligi matbuot xizmati

Avvalroq Izboskan tumanida baliq yetishtirishning intensiv usuli yo‘lga qo‘yilgani haqda xabar berilgan edi.

Янгиликлар