Marg‘ilonda bezorilik sodir etib, qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Marg‘ilon shahrida bezorilik jinoyatini sodir etib, qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi, deya xabar berdi viloyat IIB Axborot xizmati.

Qidiruvdagi shaxs A.A 9-iyul kuni Marg‘ilon shahrida IBB jinoyat qidiruv xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, fuqaro A.A Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi (Bezorilik) “a” bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, tergovdan yashirinib yurgan. Shu paytga qadar Marg‘ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan qidiruvda bo‘lgan.

Avvalroq Farg‘onada odam savdosi bilan shug‘ullangani uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs ushlangani haqida xabar berilgandi.

Янгиликлар