O‘zbekistonda arafa kuni Qur’on va duo kechasi televideniye orqali namoyish etiladi

O‘zbekistonda 30-iyul, arafa kuni Qur’on va duo kechasi televideniye va internet orqali onlayn namoyish etiladi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu marosim “Uzreport” telekanali orqali shu yil 30-iyul, arafa kuni kechki soat 21:00 da to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatiladi. Shuningdek, ITV internet telekanalidagi “Muslim TV” kanali orqali ham marosimni tomosha qilish mumkin.

Qur’onning yakuniy tilovati va duosi muftiy Usmonxon Temirxon o‘g‘li hazratlari, ulamolar va hofizi Kalomullohlar ishtirokida ado etilishi ma’lum qilindi.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Qurbon hayitining birinchi kunini nishonlash to‘g‘risida qaror qabul qilgan edi. Keyinchalik, O‘zbekiston musulmonlari idorasi karantin sharoitida qurbonlik qilish tartibini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Qurbon hayiti kuni sutka davomida harakatlanish to‘liq to‘xtatiladi.

Янгиликлар