O‘zbekistonda dollar kursi 10 200 so‘mga yaqinlashdi

O‘zbekiston Markaziy banki 14-iyuldan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.

Infografika: Markaziy bank

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 10,23 so‘mga oshib, 10 194,96 so‘mni tashkil qilmoqda. Yevro kursi ham 62,49 so‘mga ko‘tarilib, 11 518, 27 so‘mni tashkil etmoqda.

Ma’lumot uchun, o‘tgan hafta dollarning rasmiy kursi 10 184,73 so‘mni, yevro esa 11 455,78 so‘mni tashkil etgandi.

Янгиликлар