O‘zbekistonda OTMlarga kirish uchun qariyb 1,5 million nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi

O‘zbekistonda 2020/2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish rasman yakunlandi. Bu haqida Davlat test markazi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tgan jami abituriyentlar 1 484 085 nafarni tashkil etdi. Shundan 536 144 nafarini 2020-yil bitiruvchilari tashkil etdi. Shundan ta’lim shakli bo‘yicha:

  •  kunduzgi ta’lim shakli — 798 608 nafar;
  •  sirtqi ta’lim shakli — 648 733 nafar;
  •  kechki ta’lim shakli — 36 744 nafar.

Tillar kesimida:

  •  o‘zbek tili — 1 297 445 nafar;
  •  rus tili — 139 115 nafar;
  •  qoraqalpoq tili — 44 279 nafar;
  •  boshqa tillar — 3 246 nafar.

Eslatib o‘amiz, ro‘yxatga olish 20-iyundan 20-iyulga qadar barcha hududlarda Davlat test markazining rasmiy veb-sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali, respublikaning 8 ta tumanida esa Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirildi.

Avvalroq O‘zbekistonda OTMlarga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 15-iyul 18:00 holatiga ko‘ra 1 011 660 nafarni tashkil etgani haqida xabar berilgan edi.

Янгиликлар