Toshkent shahrida ro‘yxatda turuvchilar viloyatlardan poytaxtga kira oladimi? IIV javob berdi
AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda karantin vaqtida fuqarolardan kelib tushgan savollarga Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi, vazirning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Shohrux Gʻiyosov javob berdi.
Savol: Viloyatlar va Toshkent shahri chegaralari yopiladigan bo‘lsa, Toshkent shahrida ro‘yxatda turuvchi shaxslar viloyatlardan kelib, poytaxtga kira oladimi?
Javob: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga avtotransport vositalarining kirishi va chiqishi to‘xtatilgan. Ammo Toshkent shahri va Toshkent viloyati o‘rtasidagi qatnov bundan mustasno.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 10-iyuldan 1-avgustgacha kuchaytirilgan karantin tartibi e’lon qilingandi. Unga ko‘ra, to‘ylar, shuningdek, avtomobillar qatnovi cheklanib, barcha hududlar 10-iyuldan “qizil” toifaga o‘tkazilgan. Bundan tashqari, dam olish kunlari avtotransport harakati butunlay cheklanishi ma’lum qilingan.