Toshkentda odam savdosi bilan shug‘ullanib, qidiruvda bo‘lgan ayol qo‘lga olindi

Odam savdosida gumonlanuvchi 24 yoshli ayol Toshkent viloyati hududida qo‘lga olindi, deb xabar berdi Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati.

Xabarda ma’lum qilinishicha, Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan 2014-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan 24 yoshli D.K. ismli ayol 21-iyul, seshanba kuni Toshkent shahar IIBB jinoyat qidiruv xodimlari tomonidan Toshkent viloyati hududida qo‘lga olingan.

Fuqaro D.K. Jinoyat kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi)da  nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganligi uchun Sud unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasini qo‘llagan.
https://palladiumcapital.com/wyn9pgrmsh

Avvalroq Farg‘onada odam savdosi bilan shug‘ullangani uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs ushlangani, Sirdaryoda farzandini 17 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 21-iyul kuni Tanzila Norboyeva odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro anjumanda ishtirok etdi.

Янгиликлар