O‘zbekistonda “Insofli soliq to‘lovchi” tizimi shakllantiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-iyul, dushanba kuni yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yig‘ilishda soliq islohotlarini davom ettirib, yashirin iqtisodiyotga yo‘l qo‘ymaydigan tizim joriy etish vazifasi qo‘yildi. “Insofli soliq to‘lovchi” tizimi shakllantirilib, shu yil yakuniga qadar Toshkent shahrida namuna sifatida amalga oshirishga ko‘rsatma berilgan.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev yashirin iqtisodiyotning oldini olish maqsadida bir qancha soliqlarni yengillashtirish taklifi bilan chiqqan.

Avvalroq ushbu selektorda O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotni qisqartirish strategiyasi ishlab chiqilishi ma’lum qilingan edi.

Янгиликлар