Sherzod Shermatov: “Vaziyat yaxshilansa, 1-sinflar uchun darslar onlayn bo‘lmaydi»

Karantin davrida ta’lim tizimidagi cheklovlar, qabul jarayonlari va sohaga oid boshqa o‘zgarishlar mavzusida bo‘lib o‘tgan brifingda 1-sinflarga ta’lim  berish qanday yo‘lga qo‘yilishi bo‘yicha Xalq ta’lim vaziri Sherzod Shermatov ma’lumot berdi.

Foto: UzA

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, sentabrga kelib, vaziyat yengillashsa, onlayn darslar bo‘lmaydi. Xavfsizlik choralari ko‘rilsa, epidemiologik vaziyat yomonlashmasligi to‘g‘risida ham yondashuvlar bor.

“Avvalo, darslar onlayn bo‘lishi to‘g‘risida rasman ma’lumot berildimi?! Yaxshi niyat qilaylik, virusdan qutulaylik. Boshlang‘ich ta’limda dunyo miqyosida onlayn maktab tajribasi o‘zini oqlasa, allaqachon shu tizimga o‘tilardi. Onlayn tizim bo‘lmasin”, — deydi Sherzod Shermatov

Ta’kidlanishicha, bola maktabda bo‘lganda ham, darslar televideniya orqali bo‘ladi. Bu pandemiya tufayli emas. Maqsad uzoq hududlarga sifatli darslar orqali qo‘shimcha yordam bo‘ladi.

Avvalroq yangi o‘quv yilida qancha o‘quvchi 1-sinfga borishi ma’lum qilingani haqida xabar berilgandi.

 

Янгиликлар