Toshkentda bir kechada 200 dan ortiq odamda koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda 14-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 281 nafarga oshib, 13 872 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, yangi kasallanish holatlarining 201 nafari Toshkent shahrida (shundan 50 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 151 nafari aholi orasida), 21 nafari Qashqadaryo viloyatida, 20 nafari Samarqand viloyatida, 15 nafari Navoiy viloyatida, 6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 15 nafari Namangan viloyatida (shundan 13 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida), qolgan 3 nafari Jizzax viloyatida aholi orasida aniqlangan.

Ayni paytga qadar O‘zbekistonda 8 030 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.

Hozirda 5 778 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 53 nafari og‘ir, 7 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Avvalroq Qarshi shahrida koronavirusga chalingan 56 yoshli erkak vafot etib, O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni 64 nafarga yetgani xabar qilingan edi.

Янгиликлар