DTM direktoriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Vazirlar Mahkamasining 1-iyuldagi 416-son qarori bilan Sardor Radjabov Davlat test markazi direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.

Sardor Rajabov tayinlovga qadar Davlat test markazining Chet tillarni bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.

Avvalroq Davlat test markazi chet tilidan sertifikati bor abituriyentlarning ro‘yxatdan o‘tishdagi xatoliklari haqida ma’lumot bergandi.

Янгиликлар