Farg‘onaga koronavirus qaytdi. Bir kunda 3 kishida infeksiya aniqlandi

Foto: Xalq so‘zi

Farg‘ona viloyatida 6-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, 3 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Ularning barchasi xorijdan kirib kelgan va karantinga olingan fuqarolar orasida qayd etildi.

Ayni paytga qadar O‘zbekistonda 10284 kishida koronavirus aniqlangan, 6584 nafar bemor sog‘aygan.

Hozirda 3664 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Oldinroq Farg‘ona viloyati “yashil” hududligicha qolgani haqida xabar berilgandi.

Янгиликлар