O‘zbekistonda koronavirus qayd etilganlar soni 10 587 nafarga yetdi

O‘zbekistonda 7-iyul soat 17:30 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 128 nafarga ko‘payib 10 587 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 112 nafari Toshkent shahrida, 28 nafari aholi orasida, 11 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, shundan 2 nafari aholi orasida, 2 nafari Jizzax viloyatida, yana 2 nafari Qashqadaryo viloyatida aholi orasida, qolgan 1 nafari esa Toshkent viloyatida xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi orasida aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda O‘zbekistonda 6 690 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan. 3 858 nafar bemor davolanmoqda. Vafot etganlar soni 39 nafarni tashkil etadi.

Янгиликлар