Buxorodagi xalqaro ahamiyatga ega yo‘lda YTHga uchragan avtomobil maketi o‘rnatildi

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida zaruriy choralar ko‘rilmoqda, deya xabar beradi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Foto: YHXBB matbuot xizmati

Ta’kidlanishicha, uzoq masofaga qatnovchi haydovchilarning hushyorligini oshirish hamda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli noxush holatlarning oldini olish maqsadida Buxoro viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan noodatiy uslubda yondashgan holda haydovchilarni yanada sergaklashtiruvchi usullardan foydalanilmoqda.

Foto: YHXBB matbuot xizmati

“Xususan, Buxoro viloyati Romitan tumani Gazli shaharchasi orqali cho‘l hududidan o‘tuvchi A-380 – “Gʻuzor – Buxoro – Nukus – Beyneu” xalqaro ahamiyatga ega yo‘lning 324-kilometrida avtohalokatga uchragan transport vositasining maketi yo‘l yoqasiga o‘rnatilib, harakat ishtirokchilarida ta’sirchanlik ruhi oshirilmoqda”, – deyiladi xabarda.

Avvalroq Buxoroda “Cobalt” yuk mashinasining ostiga kirib ketishi oqibatida uch kishi vafot etgani haqida xabar berilgandi.