“Koronavirus O‘zbekistonga 15-martdan oldin kirib kelgan bo‘lishi ham mumkin” – Nurmat Otabekov

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida 9-iyul kuni Respublika maxsus komissiyasining karantin choralarini kuchaytirish borasidagi qarori yuzasidan brifing bo‘lib o‘tdi.

Foto: UZREPORT TV

Sanitariya-epidemiologik nazorat inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekovning ta’kidlashicha, O‘zbekiston hududida birinchi bemor 15-mart kuni qayd etilgan. Biroq kasallik mamlakatga undan avval kirib kelgan bo‘lishi ham mumkin.

“Biz birinchi aniqlagan bemorimizdan sarhisobni boshladik. Shundan keyin statistik raqamlar shakllandi”, – dedi Nurmat Otabekov.

O‘zbekistonda 9-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 11 259 kishiga yetdi. Ulardan 31 nafari og‘ir, 12 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Янгиликлар