O‘zbekistonda koronavirus bemorlari soni hozirgidan 2-3 barobar ko‘p bo‘lishi mumkinligi aytildi

AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda O‘zbekistonda koronavirus bemorlari soni aslida hozirgidan 2-3 barobar ko‘p bo‘lishi mumkinligi aytildi.

Ma‘lum qilinishicha, avvalida PZR tahlil o‘tkazishda muammo yo‘q edi. Hozir kuniga 20-22 mingta tahlil o‘tkazilganda ham talab darajasiga yetkazib berilmayapti. Avval 5-6 soatda testlarning javobi chiqqan bo‘lsa, hozir yig‘ilib qolgan tahlil namunalari natijasida javoblarni olishga 2-3 kun, 1 haftagacha vaqt ketyapti. Bu vaqt ichida bemor xalqning ichida yurib, kasallanish ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda.

Avvalroq O‘zbekistonda karantin muddati nega 14 kundan 10 kunga kamaytirilgani ma‘lum qilingan edi.

Янгиликлар