Andijonda 17 yoshli o‘smirning yo‘lini to‘sib, 430 ming so‘m pulini olib qo‘ygan shaxslar qo‘lga olindi

Andijonda 17 yoshli o‘smirning yo‘lini to‘sib, uning 430 ming so‘m pulini olib qo‘ygan to‘rt nafar yigit qo‘lga olindi, deb xabar berdi IIV huziridagi tergov departamenti.

Foto: Tergov departamenti

Aniqlanishicha, 2020-yilning 3-iyul kuni soat 14:00 da 19 yoshli M.A., 21 yoshli B.O., 20 yoshli S.P. lar bir guruh bo‘lib, Asaka tumani Ulug‘bek MFY hududida voyaga yetmagan 17 yoshli T.M. ni to‘xtatishgan va uni “Nexia” rusumli avtomashinaga o‘tkazib, hech kim yo‘q joyga olib borib, pichoq va tayoq bilan qo‘rqitishgan hamda unga tegishli bo‘lgan 430 000 so‘m pulni olib qo‘yishgan.

Mazkur holat yuzasidan Asaka tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, yuqoridagi to‘rt nafar yigit protsessual tartibda ushlanib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.

Dastlabki tergov jarayonida S.P. dan bir dona pichoq va bir dona yog‘ochdan ishlangan tayoq protsessual tartibda rasmiylashtirilib olingan.

Foto: Tergov departamenti

Jinoyat ishi bo‘yicha M.A., B.O. va S.P.larga Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “a”,“b” bandlariga (qurol yoki qurol sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan boshqa narsalarni ishlatib, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bosqinchilik), A.S. ga nisbatan esa 164-moddasi 3-qimsi “a” bandiga (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bosqinchilik) ayb e’lon qilinib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Avvalroq Andijonda erkak oilaviy kelishmovchilik sabab xotini va qizini pichoqlab o‘ldirgani xabar qilingan edi.

Янгиликлар