“Davlat banklarining kuzatuv kengashida 25 nafar chet ellik a’zo bo‘ladi” — Moliya vaziri

Foto: review.uz

Moliya vazirligi davlat ishtirokidagi banklar ustidan kuzatuv kengashi orqali aksiyador sifatida nazoratni kuchaytiradi. Bu haqda UzA xabar berdi.

Moliya vaziri Timur Ishmetovning qayd etishicha, hozirda yana 11 kishi bilan muzokara olib borilmoqda. Yaqin kunlarda davlat banklari kuzatuv kengashlarida 25 nafar chet ellik mustaqil a’zolar bo‘ladi.

Yilning oxiriga qadar vazirlik davlat banklari kuzatuv kengashlarida chet ellik mustaqil a’zolar sonini 30%ga chiqarishni rejalashtirmoqda.

Ta’kidlanishicha, mustaqil direktorlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Moliya vazirligiga bo‘ysunadi. Ular orqali bank rahbariyati ustidan nazorat kuchaytiriladi. Mustaqil direktorlar bu tizimni yaratishga yordam beradi.

Ma’lumot o‘rnida, Prezident Shavkat Mirziyoyev 6-iyul kuni bank aktivlarida xususiy sektor ulushini 15 foizdan 60 foizga oshirishga qaratilgan 2020—2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston bank tizimini isloh qilish strategiyasini amalga oshirish hamda mamlakat tijorat banklarining transformasiya jarayonini jadallashtirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgan.