Hindistonda koronavirusga chalinganlar soni 800 mingga yaqinlashdi

Mamlakatda infeksiya aniqlanganlar soni kuniga 26,5 mingtaga ko‘payib, 793 802 ming kishini tashkil etmoqda, deya xabar beradi RIA Novosti.

Photo: Science

Hindiston koronavirus bilan kasallanish soni bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turibdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 276 685 kishi davolanmoqda, 495 512 kishi tuzalib, 21 604 nafar bemor vafot etgan.

Aniqlanishicha, 8-iyun, chorshanba kuni kasallikning 767 296 ta holati qayd etilgan.

Mamlakat bo‘yicha eng ko‘p zarar ko‘rgan shtat Maxarashtra (230 599 ) hisoblanmoqda. Undan so‘ng Tamil Nadu shtati(126 581 ta) va poytaxt Dehli (107 051 ta).

Kasallanganlar sonining ko‘payishiga qaramay, iyun oyi oxirida mamlakat rasmiylari izolyatsiyadan chiqib ketishning ikkinchi bosqichini e’lon qilgan. Yangi qoidalarga ko‘ra, koronavirus tarqalish hududi deb belgilangan joylarda izolyatsiya rejimi 31-iyulgacha uzaytirilgan. 8-iyun kuni boshlangan birinchi bosqichda ibodatxonalar, mehmonxonalar, restoranlar va savdo markazlarini ochishga ruxsat berilgan.

Mamlakat rasmiylarining ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunda Hindistonda bir million kishi boshiga 538 kasallik to‘g‘ri keladi, virusdan o‘lim esa bir millionga 15 kishidan oshmaydi.

Avvalroq Hindiston koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha Rossiyani ortda qoldirgani haqida xabar berilgandi.