Toshkent shahrida aholi orasida 102 kishida koronavirus aniqlandi
O‘zbekistonda 10-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 11 857 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
Foto: Xalq so‘zi
Qayd etilishicha, yangi kasallanish holatlarining 32 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 102 nafari Toshkent shahrida aholi orasida aniqlangan.
Ayni paytga qadar O‘zbekistonda 7 335 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.
Hozirda 4 469 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Avvalroq Surxondaryoda 67 yoshli erkak koronavirusdan vafot etgani haqida xabar berilgandi.