O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 12 ming nafardan oshdi

O‘zbekistonda 10-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilgan odamlar soni 170 kishiga ko‘payib, 12 027 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining

99 tasi karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida;

24 tasi Toshkent shahrida aholi orasida;

24 tasi Namangan viloyatida (shundan 18 tasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 6 tasi aholi orasida);

16 tasi Qoraqalpog‘istonda (shundan 9 tasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 7 tasi aholi orasida);

6 tasi Jizzax viloyatida aholi orasida;

1 tasi Farg‘ona viloyatida aholi orasida aniqlangan.

Bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 166 nafar, Surxondaryo viloyatida 38 nafar, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 16 nafar, Navoiy viloyatida 11 nafar, Xorazm va Buxoro viloyatlarida 6 nafardan, jami 243 nafar bemor tuzaldi. Shunday qilib, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan 7530 nafar fuqaro (62 foiz) sogʻaygan.

Ani paytda yana 4443 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. Kasallik qurbonlari soni esa 54 nafarga yetdi.

Янгиликлар