Toshkentda enaga ayol uy egasining pullarini o‘g‘irladi

Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida o‘zi enagalik qilgan uydan pul o‘g‘irlagan qizga jinoiy ish ochildi. Bu haqda Toshkent shahar IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, tuman ichki ishlar bo‘limiga 46 yoshli fuqaro N.V.dan pul o‘g‘irlangani bo‘yicha murojaat kelib tushgan. Uning ta’kidlashicha, sumkasidan 3 700 AQSh dollari yo‘qolgan. Tezkor surishtiruvlar natijasida mazkur jinoyatni 29 yoshli fuqaro M.M. sodir etganligi aniqlangan. U puli o‘g‘irlangan ayol qo‘lida enaga bo‘lib ishlagan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘irlik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq Farg‘onada 600 ming so‘m pul va uyali telefon o‘g‘irlagan shaxs ushlangani haqida xabar berilgandi.

Янгиликлар