Andijonda koronavirus qayd etilgan 98 nafar bemor sog‘aydi

Andijon viloyatida 14-iyul kuni koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning 98 nafari butunlay sog‘aydi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Undan tashqari, O‘zbekistonning 4 ta hududida koronavirusga chalingan 44 kishi sog‘aygan. 

Shuningdek, 14-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, mamlakatda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 281 taga oshib, 13 872 kishini tashkil etadi.

Avvalroq Toshkentda 61 yoshli ayol vafot etib, O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni 65 nafarga yetgani haqida xabar berilgan edi.

 

Янгиликлар