Namanganda koronavirusga chalinganlar soni 450 nafarga yaqinlashdi

Namangan viloyatida 14-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 15 nafarga oshib, 441 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, viloyatda yangi kasallanish holatlarining 13 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida aniqlangan.

Ayni paytga qadar Namanganda 298 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan. 4 nafar bemor vafot etgan. Hozirda 143 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Avvalroq Qarshi shahrida koronavirusga chalingan 56 yoshli erkak vafot etib, O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni 64 nafarga yetgani xabar qilingan edi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 14-iyul 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 13 872 kishiga yetgan. Bemorlarning 8 030 nafari sog‘aygan. Hozirda 5 778 kishiga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 53 nafari og‘ir, 7 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Янгиликлар